Bog‘dorchilik

Assalomu alaykum! Men yaqindan beri bog‘dorchilik bilan shug‘ullana boshladim. Xabarlaringiz bor bog‘dochilikda yangi zamonaviy usullar qo‘llanilmoqda. Masalan maxhalliy yovvoyi olmaga pakana olma payvand qilinadi va uning ustiga madaniy olmalar payvand kilinadi. Ya’ni ustma-ust  ikkita payvand(o‘sib baland bo‘lib ketmasligi uchun). Va yana qizil gilosga sariq gilos payvand qilishyapti. Shunday qilinmasa hosil bermay qo‘ydi deyishyapti.  Iltimos shu ishlarga islomda qarshilik bor yo‘qligi haqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Islomda u ishlarni qilishga hech qanday mone’lik yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:09 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar