Telegramdagi kanal

Assalomu alaykum! Opamning telegram tarmog‘ida shaxsiy sahifasi ya’ni kanali bor. O‘qiyotgan kitoblaridan iqtiboslar joylaydi, ba’zan ba’zi bir she’rlardan parcha. Ba’zan o‘zi bilan bo‘lgan yaxshi yomon hodisalar haqida ham yozadi, ularga o‘z xulosalarini ham qo‘shadi. Tanishlaridan bo‘lgan bir odam "Begona odamlar bilan, nomahramlar bilan tuyg‘ularingni bo‘lishyapsan, buzuqlik bu!" debdi. Shundan beri xavotir olib ikkilanib o‘tiribdi. Shunga sizlardan so‘ragan ma’qul deb o‘yladim. Bu haqida ikkilanayotgan faqat biz emasmiz, yana bir nechta kanal adminlari ham bor. Chindan ham ba’zan tuyg‘ularini ham aralashtiradi, lekin uning o‘zini hech kim ko‘rmaydiku ?!Shunga kanalni davom ettirsa bo‘ladimi? Yoki haligi odamning gapi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima mavzuni yoritishi va qaysi mazmundagi malumotlarni tarqatishiga qaraladi. Agar shariatga muvofiq gap va so‘zlar bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 23:31 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar