Xarid masalasi

Assalomu alaykum! Bozor va boshqa savdo joylarida masalan olma necha pul va bo‘lishi qancha deb so‘riysiz sotuvchi bo‘lishi kilosi 8500dan deydi. Man torting deyman. U toroziga qo‘yadi narxi misol 37000 so‘m bo‘ladi. U o‘zi 35000so‘m bera qoling man roziman deydi. Shunda kilosi endi 8500dan emas misol 8200dan to‘g‘ri keladi. Shu xolatda nima qilishimni bilmay qolaman u roziman 35000so‘m beruvrin desa xam lekin toroziga qo‘yishidan oldin 37000so‘m chiqadigan narxdan gaplashgan ediku. Shunda nima qilishim kerak? 37000so‘m berishim kerakmi yoki u man roziman 35000so‘m beruvrin degan summani berish kerakmi? Man xar doim o‘ylaydigan joyim savdo taroziga qo‘yishidan oldin qildimku deb 35000 so‘m emas 37000so‘m berishga xarakat qilaman. Shu xakida shariatimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sotuvchi o‘zi rozi bo‘lib, “shu narsani hammasiga falon so‘m bering” desa, ribo bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 23:31 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar