Savdo ustiga savdo

Assalomu alaykum! Sherikchilik qilib uy qurib sotamiz. Bir uyimizni baraka qildik xaridor vaqtni cho‘zganiga boshqa xaridorga qimmatroq sotdik. Savdoni ustiga savdo qildik va yolg‘on aralashtirdik. Sherigim bilan afsusdamiz. Qilgan xatoimizni qanday to‘g‘irlasak bo‘ladi? Kafforati qanaqa? Birinchi xaridorni rozi qilishimiz kerakmi? Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchi xaridor bilan o‘rtadagi kelishuvni to‘liq bekor qilmaguncha, keyingi savdo durust bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 23:31 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar