Ovqat qoldig‘i yutib yuborilishi
Assalomu alaykum! Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf ustozimizning Mo‘minning meroji kitoblarida agar namoz paytida odam ozgina bo‘lsa ham narsa yutib yuborsa namozi buziladi deganlarini o‘qidim. Men asr namozini o‘qiyotganimda birinchi rakatda tishim orasidagi ushoqni yutib yubordim. Keyin nima qilishimni bilmay 4 rakat o‘qib tugatib yana qaytadan o‘qib oldim. Shunaqa holatda nima qilishim kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Kifoya” kitobida namozni buzuvchi amallar bobida quyidagicha keladi: Eyish, ichish.
Chunki bu ikki ish ko‘p amalga kiradi. Bunda qasddan eb-ichdimi yoki unutibmi – farqi yo‘q. Tishining orasiga kirib qolgan taomni esa, taom no‘xatdan kichik bo‘lsa, namozi buzilmaydi, agar no‘xat bilan teng yoki katta bo‘lsa, buziladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 23:52 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar