InshoOLLOX desa talok tushadimi?

Sizga Allohdan ikki dunyo saodatini so‘ragan holda, quyidagi savolni bermoqchiman: Meni ustozim bir ma’ruzalarida "INShOOLLOX" suzini ishlatsa talok tushmaydi dedilar, shu to‘g‘rimi? "INShOOLLOX TALOKSAN" YoKI "TALOKSAN INShOOLLOX" desa.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Birov ovozini chiqarib taloq qo‘ysa-yu, ortidan ichida inshoalloh desa, ammo uning harflarini ichida aytib, birovga eshittirmasa, talog‘i tushadi. Chunki, oshkora bo‘lmagan gap hisobga olinmaydi. Oshkora inshoalloh desa, taloq tushmaydi. Agar kalomiga inshoallohni qo‘shsa, u botil bo‘ladi. Ya’ni, «falon ishni qilsang, inshoalloh taloqsan» desa, gapi botil bo‘ladi va ayol o‘sha ishni qilsa, taloq tushmaydi.

26 May 2022, 21:55 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar