Najot istab (oq bo‘lish haqida)

Assalomu alaykum! Alhamdulillah, 5 vaqt namoz o‘qiyman va barcha sunnat va farz amallarni qilishga harakat qilaman. Lekin to‘satdan onam men qilgan katta xatoyim uchun ko‘z yosh to‘kdilar. Bu holat farzandni oq bo‘lganligi ekanligini bilaman. Shuning uchun sizlardan yordam so‘rayapman: Nima qilsam yoki qanday ish sodir bo‘lsa bu gunohim yuviladi yoki kechirilishiga umid paydo bo‘ladi? Iltimos menga yo‘l ko‘rsatinglar, hayotdan kundan kun so‘nib boryapman. Amallarim va namozim ham menga umid bag‘ishlamayapti, kechirilmaydi degan gap hayolimdan ketmayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har qanday gunoh tavba qilsa kechiriladi. Onangizni rozi qilsangiz bo‘ldi. Uyatmang, hatto oyoqlarini o‘psangiz rozi bo‘lsalar o‘ping. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:54 | Savol-javoblar | 151 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar