Sherikchilik asosida bar ochish

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im sherikchilik asosida bar ochdilar. Tungi klub emas lekin baribir Alloh harom qilgan narsalar sotiladi u erda. Bu topgan puliz harom bizni bu pulga boqmang deb ishxonani yopishlarini so‘radim. Sherikchilikda ochganman yopolmayman dedilar. Endi bo‘lsa shu ishxonaning daromadidan mashina olib sarflagan pullarini chiqarib olmoqchilar va sherikchilikdan chiqmoqchilar. Shu mashinada taksi qilar ekanlar. Axir bu taksi ham harom pulga olingan hisoblanmaydimi? Undan topilgan pulchi harom hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haromdan kelgan mablag‘ ham harom bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:03 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar