Ishdagi adolatsizlik
Assalomu alaykum! Ichki ishlar tizimida ishlayman. Allohga shukur besh vaqt namozimni o‘qiyman. Ishda bo‘lsa ammo qazo qilib o‘qiyman. Raxbarimiz bugun xammani ichida sen boshqachasan. Ziyofatlarga shunga o‘xshash bazimlarga qo‘shilmesan dedi. Senda bir gap bor. Bu ketishingda pul beraman desa Suriyaga ketvoradiganga o‘xshaysan deb xamkasblarim oldida juda izza qildi. Ular bilan borsam aniqki spirtli ichimlik bo‘ladi. Shu xolatda men qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingizning go‘zal axloqingiz bilan namuna bo‘ling. Sizda iymon, taqvo, najas narsalardan uzoq yurish tabiati borligini ayting. Chunki Allohning la’nati yog‘ilayotgan joylarga musulmon odam bormasligi kerak. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 00:35 | Savol-javoblar | 122 | Dolzarb savollar