Tirsakni yuvmagan bo‘lsa

Assalomu alaykum! Men tirsakni yuvish farz ekanini endi bildim, ko‘p vaqt asosan qishda engi uzun narsa kiyganda tirsakni yuvmay toxorat olganman. O‘sha nomozlar nima bo‘ladi endi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratda tirsakni yuvish farz amal hisoblanadi. U qilinmasa tahorat ham u bilan o‘qilgan namoz ham ado bo‘lmaydi. Tirsakni yuvmasdan qilingan tahorat bilan o‘qilgan namozlarni qaytadan o‘qib chiqasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:35 | Savol-javoblar | 142 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar