Uyda bo‘yanib yurish

Assalomu alaykum! Men uyda ko‘zimni bo‘yab yuraman. Taxorat olganimda ko‘zimdagi bo‘yagan qalamim ketmaydi. Suv bilan 3 bora yuvilsa lekin bo‘yok ketmasa taxorat qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qalamingiz ostiga suv o‘tkazmasa tahorat mukammal bo‘lmay namozlaringiz ham namoz bo‘lmaydi. Hatto u qalamdan keyin qilingan g‘uslda ham poklanmaysiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:36 | Savol-javoblar | 131 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar