Bugungi kun

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari!Anchadan beri bu savolga javob topolmi yurimman. Biz bilamizki musulmon musulmonga qo‘l ko‘tarishi, urishi kufr hisoblanadi, mumkin emas. man kollej talabasiman, va hech kimga sir emaski bizni yoshdagi yigitlarda turli sabablarga ko‘ra urush-janjallar bo‘lib turadi. Ko‘p hollarda Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning hadislariga amal qilib, g‘azabni yutib, bulardan uzoqroqda bo‘lishga harakat qilamiz. Ammo shunday hollar bo‘ladiki, o‘sha janjal xohlavotganla shunaqangi holatga olib kelishadiki, urishmasdan iloji yo‘q(o‘zi shunga majbur qiladi). Agar urishmase qo‘rqoq ekan dib har doim shu ishini qivuradi, hatto pul ham so‘rawadi. Savolim shuki, shunaqa iloji bo‘mi bo‘gan hollada urushish mumkinmi, agar urishsak gunohkor bo‘mimizmi? Sizga bu savolimni xolis bervomman, iltimos Hazrat, to‘gri yo‘l ko‘rsating, toki biz gunohkor bo‘lib qolmaylik.Alloh sizdan rozi bo‘lsin.Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatux!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasaiy va boshqa mashhur muhaddislar Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilgan mashhur hadisda payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam: «Musulmon kishini so‘kish fisqdir. U bilan urushish esa kufrdir», deganlar.Ma’lumki, fosiqlik katta gunoh hisoblanadi. Shariat ko‘rsatgan chegaradan chiqib, gunoh ishlarni qiluvchilar fosiq hisoblanadi. Fisq dindan chiqishning boshlanishi bo‘lib, tavba qilmasdan, o‘sha gunohni davom ettirganlar dindan chiqadi. Shuning uchun ham hadisi sharifda so‘kish fisq, urush esa kufr deyilayapti. Chunki fisq kufrga olib borganidek, so‘kish ham urushga olib boradi.Sabr qilsangiz, ajr olasiz. Odamlarning gapi bilan biror eringiz kamayib qolmaydi.

6 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar