Oyoqdagi yara

Assalomu alaykum! Bugun oyog‘im ostida kichkina bir jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. So‘ngra bint bilan bog‘lab qo‘yishdi va albatta oyog‘imni yaxshi bo‘lishi uchun shifokorlar bintni yechishga ruxsat bermay turishdi, bint ostidan yaralardan ozgina qon kelib turishini aytishdi. Tahorat olayotganimda bint oq edi(ya’ni qon tegmagan edi), bintga masx surtib, namozimni o‘qidim. Namozni tugatgandan keyin bintni bir qismi qonga bulg‘anibdi. Bu bintni toki shifokorga bormagunimcha o‘zim almashtirolmayman (mumkin emas). Shu bint ostidan chiqqan qon tahoratni buzadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bintdan tashqariga chiqqan bo‘lsa tahorat ketadi. Yangi tahorat olib bint ustiga mash tortasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:36 | Savol-javoblar | 156 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar