Ish yuzasidan nomahramlar bilan muloqot qilsam bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Men hali uylanmaganman, hozirda maktabda ishlayman, mening vazifam yoshlar bilan ya’ni o‘quvchilar bilan birga turli xil tadbirlar va tashkiliy ishlarni olib borish va tashkillashtirish. Men ishim davomida maktab o‘quvchilari judayam ko‘p muloqotda bo‘laman, albatta ish yuzasidan. Bularning aksariyati qizlar bo‘ladi. Ba’zida qiz bola o‘quvchim bilan yakka tartibda muloqot qilishimga, bir xonada o‘tirishimga to‘g‘ri kelib qoladi. Alhamdulillah 5-namoz o‘qiyman va albatta ular bilan hech ham fitna yoki zinoga borishlikka harakat qilmayman, bunday maqsadim umuman mavjud emas. Ustoz sizga savolim shuki, men shu ishimda qanday yo‘l tutishim kerak? Agarda men qizlar bilan muomila qilmasam ishimni chala bajargan bo‘lib qolaman va qizlar ajralib qolishadi-ku! 2-savolim: Men o‘zindan ancha kichkina bo‘lgan, o‘quvchimga yakka tartibda arab tilidan dars bersam bo‘ladimi? Iltmos shu masalalarda maslahat bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Fitnaga olib bormaydigan tarzda va zarurat miqdorida muloqot bo‘lsa zarari yo‘q.2). Bir xonada yolg‘iz qoladigan bo‘lsangiz, joiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:ومن كان يؤمن بالله واليوم الآخر فلا يخلون بامرأة ليس معها ذو محرم منها، فإن ثالثهما الشيطان“Kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa, begona ayol bilan uning mahramlarisiz holi qolmasin. Chunki ularning uchinchisi shayton bo‘ladi” deganlar.
Imom Ahmad rivoyati. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 00:46 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar