Ehson bo‘la oladimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar men bir payitlar 5 yillar burun bozorda bir millionga yaqin pulimni menga bildirmagan holda o‘g‘irlab ketishgan har qanday inson bu holatning o‘zida achinsa kerak men ham achindim leki bir muncha vaqt o‘tgandan so‘ng men o‘g‘irlab tishgan pulimga rozi bo‘ldim so‘ng "Allohga bu muhtoj qulindan rozi bo‘l men unga ehson sifatida berdim"deb duo qildim. Bu ishim ehson sifatida o‘tadimi? Agar ehson sifatida o‘tmasa ham oradan qancha vaqt o‘tgan bo‘lsa ham men qalbim tub tubidan rozi bo‘lganim uchun bu pul u insonga halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘g‘irlagan inson bandaning haqqidan qutulgan bo‘ladi. Lekin o‘g‘irlik qilgani uchun gunohkorligicha qoladi. Bundan xalos bo‘lishi uchun esa tavba qilishi kerak. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:46 | Savol-javoblar | 156 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar