Topilgan molni sarflash bo‘yicha

Assalomu alaykum! “Qiyomat kunida banda to‘rt narsadan so‘ralmaguncha uning qadami joyidan jilmaydi: umrini nimaga sarflagani, yigitlik davrini qanday o‘tkizgani, molini qaerdan topib, qaerga sarflagani va olgan ilmiga qanday amal qilgani” (Imom Temiziy rivoyatlari). Shu xadisni o‘qib molni sarflash bo‘yicha menda ayrim savollar paydo bo‘ldi izlash xizmatidan o‘zimga javob topolmadim. 1-savol Biz xar 2,3 kunda metan zapravkaga kirib mashinamizga gaz solib turamiz shaxobchadagi gaz quyib beruvchi yigitlar bizdan xaq talab qilib oladi ma’lumki ularga zapravka oylik beradi ularning ko‘pchiligining topadigan puli menikidan ancha yuqori agar men ularga gaz quyib bergani uchun pul to‘lasam meni pulimning sarfini xisobi qanday bo‘ladi qiyomat kunida exsonmi? isrofmi? 2-savol Biz ayrim tashkilotlarga borsak ishni bitirish uchun to‘lovi borligini aytishadi lekin to‘lov uchun xech qanday xisob raqam xam kassa xam yo‘q o‘zlari oladi pulini to‘lamasangiz ishingiz bitmaydi shunda biz to‘lagan pulimizni xisobi qanday bo‘ladi qiyomat kunida. Shu va shunga o‘xshash xolatlarga ko‘p duch kelayabmiz nasixat qilsangiz shunday xolatlarda pul beruvchi va oluvchilar qanday yo‘l tutishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biror shaxsning qo‘lida kelishilgan vaqt mobaynida kelishilgan oylik evaziga ishlaydigan shaxs ish vaqti mobaynida faqatgina o‘sha boshlig‘i uchun ishlaydi, uning ruxsatisiz shaxsiy ishi bilan mashg‘ul bo‘lib qo‘shimcha daromad topishi joiz emas. Agar o‘zi bajarishi shart bo‘lgan ishni mijozlardan qo‘shimcha haq talab qilib, keyin bajarsa, bu pora bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:46 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar