Zamonaviy qimor o‘yinlari xaqida

Assalomu alaykum! Hozirgi paytda 1xbet va shunga o‘xshash qimor o‘yinlar ko‘payib ketti. Va bu o‘yinlarni o‘ynash xarom va uning pulini istemol qilish xam xarom deyilgan bizning dinimizda. Agarda o‘sha qimor o‘yinidan olingan pulni ilimga va bilimga sarflasaxam xarom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, harom bo‘ladi. Haromdan topilgan mablag‘ni ehson, savob ishlarga sarflab bo‘lmaydi. Chunki Alloh taolo pok va faqat pok narsani qabul qiladi. Bunday mablag‘lari savob umid qilmay faqir-miskinlarga sadaqa qilinadi, haromdan qutulish uchun. Vallohu a’lam!  

25 May 2022, 15:53 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar