Bomdod namozi vaqti oz qolganida
Assalomu alaykum! Men bugun bomdod namozini o‘qiyotgan paytimda quyosh chiqish vaqti 5:16 edi. Lekin men bomdod namozini o‘qib, tasbex va duolarni o‘qib bo‘lib soatga qarasam 5:18 bo‘lgan ekan. Bomdod namozini qazosini o‘qiymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! BIR RAK’ATI TOPILGAN NAMOZNING HAMMASI TOPILADIYa’ni oxirgi vaqti chiqmay turib, bir rak’ati o‘qib qolingan namoz, garchi bir rak’atdan boshqasi o‘z vaqtida o‘qilmasa ham, vaqt chiqmay turib o‘qilgan namoz hisobiga o‘tadi.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَدْرَكَ رَكْعَةً مِنَ الصُّبْحِ قَبْلَ أَنْ تَطْلُعَ الشَّمْسُ فَقَدْ أَدْرَكَ الصُّبْحَ وَمَنْ أَدْرَكَ رَكْعَةً مِنَ الْعَصْرِ قَبْلَ أَنْ تَغْرُبَ الشَّمْسُ فَقَدْ أَدْرَكَ الْعَصْرَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim quyosh chiqishidan oldin bomdoddan bir rakatni topsa, batahqiq, bomdodni topibdur. Kim quyosh botishidan oldin asrdan bir rakat topsa, batahqiq, asrni topibdir», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foyida va hukm ochiq-oydin ko‘rinib turibdi.
Hanafiydan boshqa mazhablarga ko‘ra, bir odam uzr tufayli bomdod namoziga kech qolib, quyosh chiqmasdan avval bir rak’atini o‘qib qolsa, quyosh chiqsa ham ikkinchi rak’atini o‘qiyveradi. Uning namozi vaqtida o‘qilgan namoz hisoblanib, qazo bo‘lmaydi. Biroq hanafiy mazhabi ulamolari boshqa hadisga asoslanib, quyosh chiqishi bilan bomdod o‘qiyotgan kishining namozi buziladi, deb hukm chiqarganlar.
Lekin bir kishi kech qolib, asrning bir rakatini o‘qiganidan keyin quyosh botib qolsa, namozi botil bo‘lmaydi. U o‘z namozini davom ettirib o‘qiyveradi. Namoz tugal bo‘ladi.وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَدْرَكَ رَكْعَةً مِنَ الصَّلاَةِ فَقَدْ أَدْرَكَ الصَّلاَةَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim namozdan bir rakatni topsa, batahqiq, namozni topibdir», dedilar».
Ikki Shayx va Nasoiy rivoyat qilishgan.
Sharh: Bu hadisda faqat bomdod yoki asr namozlari haqida emas, balki barcha namozlar haqida so‘z bormoqda. Musulmon odam kech qolib qaysi bir namozning oxirgi vaqtida bir rak’at bo‘lsa ham o‘qib qolsa, o‘sha namozni tamomlaydi va o‘z vaqtida ado qilgan hisoblanadi. Namozi qazo bo‘lmaydi.
Ba’zi kishilar agar namoz vaqti oz qolgan bo‘lsa, keyinroq, bemalol, qazosini o‘qib olarman, deb beparvolik qiladilar. Bu mutlaqo noto‘g‘ridir. Musulmon kishi umuman namozni qazo qilmasligi kerak. Bir vaqt qazo bo‘lgan namozning gunohini yuvish ancha qiyin. Shuning uchun oxirgi vaqtida bo‘lsa ham, birgina rak’atiga ilinib qolsa ham, harakat qilish kerak. Bundoq ruxsat berilishi ham biz bandalar uchun ayni mehribonlikning o‘zidir. (“Hadis va hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 22:52 | Savol-javoblar | 218 | Namoz