Yo‘qolgan yoki zararlangan kitoblar uchun jarima

Assalomu alaykum! Savolim yana maktabdagi ishim yuzasidan. Uzr so‘rayman juda ko‘p savollar beryapman. Maktab, universitet va hokazo ta’lim muassalarining kutubxonalaridagi kitoblar o‘sha muassasa mulki hisoblanadi. Men ishlaydigan joy xususiy maktab, o‘quvchilar maktabning oylik to‘lovlarini to‘lab ta’lim olishadi. Savolim kutubxonada o‘quvchi, o‘qituvchi(maktabning boshqa xonalariga ham)larga kitob beramiz. Kitoblarni hozirda etti kun muddatga beryapmiz. Ularga kitoblarga zarar etkazmaslik, chizmaslik, buklamaslik, yirtmaslik va hokazolar tushuntirilgan. Agar kitobni olib ketgan xodim yoki o‘quvchi kitobni belgilangan muddatda qaytarmasa, unga har kech qolingan bir kun uchun qanaqadir jarima solish mumkinmi? Shu kabi kitoblar vaqtida qaytarilmagan holatlarda nimalarni qo‘llash mumkin? Kitob berishdan avval kelishib olish kerakmi? Shariatda joiz bo‘lgan yo‘lini aytsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kitoblarni ijaraga bersangiz joiz ya’ni bir xafta tekin keyin har kunga falon sumdan ijara haqi to‘laysiz deb kelishib olasiz. Bu haqda rahbariyat bilan kelishib oling. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar