Dindan chiqqan aka

Assalomu alaykum! Yaqin qarindosh akam kofir. Ota-onasi musulmon, lekin dindan uzoq oila. Akam Allohni, hech bir dinni tan olmaydi. Odam kofir holida vafot etsa duzahga tushadi deb tushuntirishga harakat qildim, sanga kim aytdi, borib kelganlar bormi deb bo‘lmag‘ur savollarni bera boshladi, keyin shaxsiyatga o‘ta boshladi. Shundan so‘ng man aytdimki: Mani dinimga amal qilib yashashim bilan sizni ishingiz bo‘lmasin, bu haqida umuman gapirmang, man ham sizni dinsiz ekanligingizga gapirmayman deb tortishuvni to‘xtatdim. Akamni yaxshi ko‘raman, Uni do‘zahga tushishini xohlamayman. 1. Allohdan akamni dinga qaytarishini so‘rab duo qilsam bo‘ladimi? 2. Akam bilan kasbdoshmiz, akam dinga qaytishi uchun gapim yoki xulqim bilan dav’at qilish uchun uni ko‘l ostida ishlasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2) Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:14 | Savol-javoblar | 155 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar