Saytlarda pul ishlash halolmi?
Assalomu alaykum! Men sizlardan 2 ta saytdan pul ishlash joizmi yo‘qmi bilmoqchiman. 1) Bir saytda ro‘yhatdan o‘tganingiz uchun 6$ pul beradi. Keyin har kuni 20 ta vazifa beradi. O‘sha vazifalarni bajarsangiz har kuni pul beradi boshida 0.16$dan boshlanadi. Har kuni pul ishlaganingiz uchun hisobingiz ko‘payadi va hisobingizda pul qancha ko‘p bo‘lsa kunlik daromad shuncha ko‘p bo‘ladi.(ya’ni kunlik daromad asosiy hisobga bog‘liq) Bu saytdan minimal pul echish 30$. 2) Yana bir saytda har kuni 1 dona 10 sekundli reklama ko‘rasiz va har kuni 0.5$ ishlaysiz (1 reklama = 0.5$) bu saytda ishlash muddati 365 kun ekan. Shu ikkala saytdan ishlab topilgan pullar halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan saytdan xabarimiz yo‘q. Umumiy qoidaga ko‘ra shariatga zid amal bo‘lmasa, ijara asosida yollanma ishchi bo‘lib ishlash va bajargan ishi uchun haq olish joiz. Lekin shuni bilingki, ummat uchun manfaatli kasb bilan shug‘ullanganingiz dunyo va oxiratingiz uchun afzaldir. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 02:36 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom