Xotin eriga itoat qilmasa nima qilish kerak
Assalomu alaykum! Men endigina turmush qurgandim, Xotinimning ko‘zini tegi buyragi sababli ko‘kari ketgan ekan, buni uchrashuvga chiqqanda kremla surib berkitgan ekan, Mayli taqdir ekan deb, 1 oy o‘tmasdan Xotinim bilan Turkiyaga kettik, chunki qonuniy ish joyim o‘sha erda edi. U erda xolam oilasi bilan yashar edi, meni kvartiram ham sharoitlari yaxshi va xolamni uyiga yonma yon edi. Xotinim bu erda yasholmayman, ota onammi sog‘indim deb, xar kuni janjal qilardi, 2 oydan keyin otasidan biletga pul olib meni tashlab, O‘zbekistonga ketib qoldi, Mayli, xamma ham chet elda yashay olmasa kerak, yangi turmush qurganlar ayri yashamasligi kerak deb Men ham O‘zbekistonga 2 haftadan keyin qaytdim. Men ham ish topib oyoqqa turib olgunimcha 5-6 oy kerak edi, bu haqida xotinimni qaytishdan oldin ogoxlantirgan edim. Qaytganimdan keyin Xotinim homilador ekanligini bildim. Ajratib qo‘ygan pulim hammasi biletimga ketgani uchun pulsiz qolib kettim, ustiga ustak singlim Toshkentdagi Koreya universitetida oxirgi yilini o‘qiyotgan edi, unga bu yil pul to‘lanmasa qolib ketishi mumkin edi, shunga ota-onam va ukam konrakt pulini to‘lash ovora edilar, men esa ro‘zg‘ori zo‘rg‘a amallayotgan edim. Uyim yangittan qurilgan va sharoitlari yaxshi, Xotinim esa menga itoat qilmay, xar xil baxonalar qilib onasini uyiga ketib qolayotgan edi, Sizni uyingizda mazam bo‘mayapti, xich nima eyolmayapman, kechalari uhlolmyapman, sizga mehr ko‘yolmayapman deb bahonalar qilib ketib qolayotgandi, Xotinimning organizmi juda nozik ekan va xomilador bo‘lgani uchun ko‘p doktorlarga olib borish va juda ko‘p dori darmon kerak edi, Xotinimga uyga ketishiga bu yaxshi baxona bo‘ldi, ota onasi doktorga olib borib uyligida qarashni boshlashdi, bizni uyga 2 haftada bir marta kelib ketardi. Hop mayli mazasi yo‘q deb, o‘zini uyida tuqqunicha qolishiga 7 oydan beri ruxsat beryadim. Mendan uzoqda yashaganligi uchun 1-2 xaftada bir xol axvol so‘rab borib turardim.Mendan ayri yashayotganligi sababli bazi talablar qo‘ydim. Talab qo‘yganimda esa ota-onasiga meni yomonlab, tuhmat qildirib, uydan va oilamizdan mayda chuyda kamchilik topib janjal qildirishni boshladi. Ota onasi ham doktorga qaratyotganini minnat qilib, meni esa xotinini ta’minlay olmaslikda ayiblab ota onamga janjal qilib ketishdi. Talablarim shunday edi: 1.Meni Hey deb emas, ismim bilan aka yoki begim deb chaqir, 2. Ko‘chaga chiqqaningda Menga xabar ber (kim bilan qayoqqa ketyapsan). 3. Homiladorlikdan keyin uyimga qaytish niyating bo‘sin va so‘z ber, meni ishontir. 4. Teginganimda yoki erkalaganimda o‘zingni opqochma, o‘zingni majburlangandek his qildirma. 5. Ota onanga meni va oilamni yomon ko‘rsatma, gap tashima. Agar shu talablarimni qilmasang javobingni berib yuboraman deb tanbeh berdim. Shundan beri men bilan na telefonlashadi, na SMSlashadi. Uyiga borganimda esa ota onasi dod voy solib menga janjal qilyapti. Bunga xech qanday echim topolmayapman, shu xolatda taloq berib , boshqa turmushga harakat qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mabodo taloq bersangiz ham uch taloq bermang. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 22:24 | Savol-javoblar | 182 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mabodo taloq bersangiz ham uch taloq bermang. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 22:24 | Savol-javoblar | 182 | Oila va turmush