Kafforot ro‘zada niyat

Assalomu alaykum! Ro‘zaning qazosi va kafforotini tutishda har bir kun uchun alohida niyat qilish kerakligini o‘qigandim. Shuning uchun har ehtimolga qarshi shom namozidan keyin niyat qilib olish tavsiya qilinganidan ham xabarim bor edi. Biroq yaqinda menda shunday xolat bo‘ldi. Kafforot ro‘zasini tutishni boshladim.Kechki smenada ishlaganim bois,har kuni be’malol saharlik qilib, niyattan so‘ng og‘zimni yopardim. Kunlarning birida ishimda muammo chiqdi va ish bilan andarmon bo‘lib, bomdod vaqti kirganini sezmay qolibman.Niyat qildim va osha kuni ham ro‘za tutdim.Va osha kundan e’tiboran shomdan keyin niyat qiladigan bo‘ldim. Meni o‘ylantirgan narsa shuki, subh kirguncha niyat qila olmay qolgan kunda ro‘zamda uzilish bo‘lganmi yoki o‘sha kun ham hisobga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hisobga o‘tadi. Chunki kafforatni uzluksiz tutishni yaxshi bilasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar