Qarzimni kimga berishim kerak

Assalomu alaykum! Bir korxonadan qarzim bor edi, lekin qarzim bo‘yicha tilxatni fuqaro nomiga yozganman. Xozirgi vaqtda fuqaro vafot etgan, men qarzimni kimga berishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzni qaerdan olgan bo‘lsangiz o‘sha joyga qaytarasiz. Korxona bo‘lsa korxonaga, agar vafot etgan kishi bo‘lsa merosxo‘rlariga. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar