Erda najosat bo‘lsa
Assalomu alaykum! Savolim shuki, biz xojattan chiqamiz va xamma erda yuramiz bir muddat oyog‘ kiyimdegi najosatti u erdan bu erga tashimiz va erda najosat bo‘lsa, u qurisa pok bo‘ladi degan gapni eshittim, 1: Masjiddan taxoratxonadan chqb bosgan erlarimiz qurisa pok bo‘ladimi yani xo‘l oyog‘ blan bosib olsak najosat xisoblanmaydimi 2: uyda yani xovlida yurgan erlarimiz, betondan bo‘lsa u xam qurisa pok bo‘ladimi, yani xo‘l narsa erga tushb ketsa nopok bo‘lmaydimi 3: Qurisa pok bo‘lishi uchun erni m faqat tuproqli bo‘lishi keremi yoki boshqa (qum, tosh, beton, asfalt va x. k) dan bo‘lsa xam shu xukm olinadimi Javoblaringiz uchun tashakkur!!!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1) Er va uning jinsidan bo‘lgan (tosh, beton,qum) shamol yoki quyoshda qurishi va najosatning asari ketishi ila pok bo‘ladi. Uning ustida namoz o‘qisa bo‘ladi, lekin unda tayammum qilib bo‘lmaydi. Najosatning ayni bo‘lmasa, xo‘l oyoq bilan bosish ila najosat bo‘lmaydi.2) Havlidagi er va betonlar ham shunday.3) Er jinsidan bo‘lgan hamma narsa shu hukmni oladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar