Duo so‘raymiz, iltimos

Assalomu alaykum, hurmatli ustoz.Opam sizdan duo iltimos qilib yozishimni so‘radilar.Ularning 4 qizlari bor. Allohga bergan ne‘matlari - qizlari uchun shukr qilib qo‘ldan kelgancha islomiy tarbiya berib kelishyaptilar. Hozir homiladorlar. Allohdan ularga sog‘lom va solih, oxiratda boshlariga toj kiyishlariga sabab bo‘ladigan o‘g‘il farzand nasib etishini duo qilsangiz. Juda iltimos qildilar. Sizning duoingiz qabul bo‘ladi deb umid qilamiz, inshalloh. Alloh sizni ikki dunyoda salomat qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo opangizga qo‘sha qo‘sha o‘g‘illarni ato qilsin. Ularni qo‘llariga olib ko‘zlari quvonchga to‘lishini nasib etsin.

4 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 167 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar