O‘g‘limga namozni o‘rgatish
Assalomu alaykum! O‘g‘lim 7,5 yoshda. Shu kunlarda joynamoz sovg‘a qilib namozga qiziqtira boshladim. Birga farz namozlarini o‘qivommiz. Ba’zida sunnatlariga erinchoqlik qivotti. Namozdan sovumasin deb majburlamayamman. O‘qivotganda bazida ko‘p qimirlidi uyo buyolaga qaridi. Namozi tugatganimizda unaqa qimaslikki chuntiraman lekin esidan chiqarib bazida yana qaytaradi. Savol: 1) Xozir ancha o‘rgandi birga yonma-yon o‘qivurse bo‘ladimi? Yoki man orqasida turishim keremi? Iqtido qilishim uchun xali balog‘atga etmagan qiroati xam yo‘q. Yoki aloxida o‘qishimiz keremi? 2) Namozda qivotgan kichik xatolari odat tusiga kirib qomasmikin digan xavotirdaman. Yoki xozircha o‘qimagani yaxshimi? 3) taxorat qilishi mukammal emas. Yoz kesa yaxshilab qilishi o‘rgatmokchiman xozir sovuq bo‘ganiga. Kemtik taxorat bilan o‘qivursa bo‘ladimi? 4) Machitga dodasi bilan chiqib namozi o‘rgansa, boshqalani oldida xunuk ish bo‘b qomidimi, yoki xozircha uyda o‘qivurgani ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Farz namozlarda sizga imomlik qilishi joiz emas. Nafllar borasida esa ixtilof bor.
2). Sekin-sekin xatolari to‘g‘rilanib boradi. Oilangizda barcha ibodatga ixlos bilan kirishganini ko‘rsa, u ham albatta taqlid qiladi. عَنْ سَبْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مُرُوا الصَّبِيَّ بِالصَّلَاةِ إِذَا بَلَغَ سَبْعَ سِنِينَ، وَإِذَا بَلَغَ عَشْرَ سِنِينَ فَاضْرِبُوهُ عَلَيْهَا. زَادَ فِي رِوَايَةٍ: وَفَرِّقُوهَا بَيْنَهُمْ فِي الْمَضَاجَعِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ وَالتِّرْمِذِيُّ Sabra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Bola etti yoshga etganda uni namozga buyuringlar. O‘n yoshga etsa, uning uchun uringlar», dedilar».
Boshqa rivoyatda: «Yotar joylarini ajratinglar», deb ziyoda qilingan.
Abu Dovud, Ahmad va Termiziylar rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda yosh bolalarni islomiy tarbiya qilishda muhim o‘rin tutgan ba’zi narsalar xususida so‘z bormoqda:
1. Etti yoshga etgan bolalarni namoz o‘qishga buyurish.
Bolalarni qiziqtiradigan turli uslublar bilan, yaxshi o‘rnak ko‘rsatib, namozga undash kerak bo‘ladi. Ota-onasining namoz o‘qiyotganini ko‘rgan bola o‘z-o‘zidan ularga taqlid qilib qoladi. Ana shu holatdan unumli foydalanib, bolani to‘g‘ri yo‘lda davom etishini ta’minlashga harakat qilish kerak. Etti yoshga etganda bolaning har namozni o‘qishini kuzatib, o‘qishga amr qilib turish lozim.
2. O‘n yoshga etgan bola namoz o‘qimasa, urish kerak.
Ota-onasining yaxshilik bilan qilgan undovlariga o‘n yoshida ham yurmagan bola urmasa, to‘g‘ri yo‘lga tushmaydi. Ba’zi bolalarning tabiati shunday bo‘ladi. Ular yaxshi gapdan ko‘ra do‘q-po‘pisa bilan oson yo‘lga tushadilar.
3. O‘n yoshga etgan bolalarning yotar joylarini boshqa qilib qo‘yish.
Chunki mana shu davrda ularda jinsiy tomondan uyg‘onish boshlanadi. Alohida yotmasalar, beodoblikka o‘rganib qolishlari mumkin.
Agar har bir oila ushbu nabaviy tavsiyaga amal qilganida, oramizda benamozlar bo‘lmas edi. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
3). Tahoratni chala qilganini ko‘rib qolsangiz hech qachon indamay ketmang. “Chala tahorat qilsa ham hech nima bo‘lmaydi” degan noto‘g‘ri tushuncha singib qolmasin.
4). O‘zini eplolmaydigan, namozni farqiga bormaydigan yosh bolalarni olib kelish to‘g‘ri emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Aqli zaif va yosh bolalaringizni masjiddan chetlatinglar” deganlar. Namozni tushunsa, yon-atrofdagilarni namozini buzmaydigan darajadagi yoshda bo‘lsa olib kelish albatta joiz. Shuning uchun bolalarni olib kelayotganlar e’tibor qaratishsin. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 03:19 | Savol-javoblar | 145 | Ibodatlar