Ishchini ustidan pul eyish
Assalomu alaykum! Ofitsant bo‘lib ishlayman, bazida men boshqa restoranlarga odam topib beraman. Bir kun oshnam bilan bir restoranga odam topib berdik men to‘ychi bilan 150 mingdan bollaga gaplashdim lekin bollaga 100 min so‘mdan berdim rozi bo‘lishdi, lekin to‘ychidan 150 dan olganimni bilishmaydi. Shu to‘g‘rimi yoki bollaga aytib olsam bo‘ladimi? Xuddi bollani topib berganim xizmati kabi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar siz to‘ychiga “150 mingdan ishlaydigan ishchilar topib beraman” deb, so‘ngra ishchilarga borib “100 mingdan to‘lanadigan ish bor” degan bo‘lsangiz yolg‘on ishlatgan bo‘lasiz. Bu ish joiz emas. Ishni o‘zingiz baholab olib, keyin boshqalarni yollab ishlatsangiz, insof bilan olishingiz joiz. Faqat faoliyat shariatga muvofiq ishda bo‘lishi shart. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom