Jannat bashorati haqidagi hadis

Assalamu alaykum! Bir hadis eshitgandim, lekin to‘liq eslay olmayapman, esimda borini aytaman agar hato qilsam Alloh kechirsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "kim bugun Alloh yo‘lida ro‘za tutdi, kim janozada qatnashdi, kim etimni boshini siladi ... deganlarida Abu Bakr r.a. men" deganlar shunda bu ishlarni kim bir kunda bajarsa jannatni bashoratini beraman degan ekanlar. Bu hadisni to‘liq variantini bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Muslimning sahihlarida keladi:عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : مَنْ أَصْبَحَ مِنْكُمْ الْيَوْمَ صَائِمًا ؟  ـ قَالَ أَبُو بَكْرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ : أَنَا ، قَالَ : فَمَنْ تَبِعَ مِنْكُمْ الْيَوْمَ جَنَازَة ؟ً ، قَالَ أَبُو بَكْرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ : أَنَا ، قَالَ : فَمَنْ أَطْعَمَ مِنْكُمْ الْيَوْمَ مِسْكِينًا ؟ ، قَالَ أَبُو بَكْرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ: أَنَا ، قَالَ : فَمَنْ عَادَ مِنْكُمْ الْيَوْمَ مَرِيضًا ؟  ، قَالَ أَبُو بَكْرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ : أَنَا ، فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَا اجْتَمَعْنَ فِي امْرِئٍ إِلَّا دَخَلَ الْجَنَّةَ . رواه مسلم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Bugun sizlardan kim ro‘za tutdi?” Abu Bakr roziyallohu anhu: “Men” dedi. “Bugun sizlardan kim janozaga ergashdi?” dedilar. Abu Bakr roziyallohu anhu: “Men” dedi. “Bugun sizlardan kim bir miskinni taomlantirdi?” dedilar. Abu Bakr roziyallohu anhu: “Men” dedi. “Bugun sizlardan kim bemorni ziyorat qildi?” dedilar. Abu Bakr roziyallohu anhu: “Men” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Biror bir kishida shular jam bo‘lsa, albatta jannatga kiradi” dedilar. 
Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 168 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar