Onamnig gapi

Assalomu alaykum! Biz oilada to‘rt o‘g‘ilmiz. Xammamizning uy-joylarimiz bor. Eng kichik ukamni xotini chatoq chikib qoldi. Ilm amal qilib ukamni o‘ziga qaritib olgan xattoki Onamizni gapmga quloq solmay qo‘ygan. Borib nasixat qilay desam Onam “Qo‘y bolam bitta xotindi deb aka uka urishishma” deb ruxsat bermayapti. Xattoki Onam shular tinch yashasin deb katta eshigimizni ukamga tashlab akamning uyiga borib olgan. Iltimos maslaxat berilar. Ukamni aqlini kirgizib qo‘yaylikmi yoki Onamizni aytganini qilaylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aka-ukalik aloqalariga zarar etmasdan, urishmasdan nasihat qilishga ko‘zingiz etsa, nasihat qiling. Muammo kattalashib ketadigan bo‘lsa, nasihat qilmay, haqqiga duo qilib turing. Alloh isloh qilsin! Vallohu a’lam!

14 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 132 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar