G‘ayridinga yordam berish

Assalomu alaykum! Biz hozirda oilam bilan Germanyada yashaymiz.Bu erda ham bizning ehson qilishga o‘xshash narsa bor ekan. Yani: oziq-ovqat, kiyim kechak do‘konlar va ,Nonvoyxonalar kunlik sotilmay qolgan oziq ovqatlarni bir Cherkov qarshisidagi Firmaga topshirishar, hamda har payshanba kuni belinangan joyda nochor oilalarga tarqatib berishar ekan. Meni shu erda ko‘ngillik bo‘lib yordam bermoqchiman. Sababi bu erga ko‘plab musilmon insonlar ham kelishadi. Bu erda biz uchun eyish joiz va jozmas narsalar bo‘ladi. Maqsadim joiz bo‘lmagan narsalar haqida ularni ogohlantirish. Sabasi kelayotgan aksaryat muslima ayollar urish bo‘layotgan davlatlardan kelishadi va nemis -tilida gaplasha olishmaydi. Savolim shundayki meni shu erda yordamchi bo‘lib ishlashim shariatda joizmi bilmayapman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alohida xayriya tashkiloti bo‘lsa, ishlash joiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar