Bilmasdan bir gapni gapirish

Assalomu alaykum! Men musilmon erkak boshqa dindagi ayolga uylanib bo‘lmaydi degan fikirda edim lekin bugun eshitib qolsam uylanish mumkun ekan. Men bu gapimni atrofimdagi insonlarga aytganman. Men katta gunox qiilganmanmi kafforati uchun nima qilishim kerak? Men avval qaerdandir eshitgandim musulmonlar boshqa dindagi ayollarga uylanishi uchun ayoli dindan chiqib erining diniga kirishi kerak deb. Men xato qilgan ekanman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilmasdan aytgan bo‘lsangiz dindan chiqqan bo‘lmaysiz. Bundan keyin bilmagan narsalaringizni gapirmang. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar