Hisoblagichsiz ishlatilgan suv

Assalomu alaykum! Biz yaqinda yangi uyga ko‘chib chiqdik uyimizning suv turbalari joylashuvini oldinroq qilib ishlatishni boshlaganimzda hisoblagich o‘rnatib ishlata boshlagan edik lekin bita hammomimz hisoblagichdan oldinroqdan o‘tib ketgan ekan biz uni sezmay qolibmz knroq men bilb qoldim endi nima qilishni bilmayabman buni haqqini ado etishni hohlayman lekin davlatga qancha ishlatganimizni tahminan hisoblab to‘laydigan bo‘lsak davlat menga jarima solib berar ekan noqonuniy ishlatilgan deb vaholanki men buni atayn ham qilmadm davlat menga soladigan jarimani 3/1 ga teng keladigan ham ishlatmaganman u hammomdan shunga boshim qotdi, iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqdor ma’lum bo‘lib turganda boshqa shaxsga berish bilan haq soqit bo‘lmaydi. Qolaversa siz ham qancha ishlatganingizni aniq isbotlay olmaysiz, ular ham aniq isbotlay olmaydi, sulh bilan bo‘lsa ham rozi qilish zarur. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar