Namozdagi saf buzilishi
Assalomu alaykum! Bugun juma namozida farz namoziga saf tortilayotganda chap taraf yonimdagi kishi oldingi safga o‘tib ketdi. Men saf o‘rtasidaman va saf ikkiga uzilib qoldi. Boshqa to‘ldiradigan odam yo‘q va uzim xam to‘ldira olmas edim. Shu xolatda namozim buzilmaganmi va xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Buzilmagan. Bunday vaqtda imomdan uzoq tarafdagilar imom tarafiga jilib, safni to‘ldirib olishlari kerak. Safni to‘ldirish uchun yonga yurilganda namoz buzilmaydi. Aksincha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Jipslashinglar” degan ko‘rsatmalariga amal qilingan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:40 | Savol-javoblar | 158 | Namoz