Savobli bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Musulmon odam o‘z mushkullarim echim topadi, mahzunlikim ketadi deb, Alloh shu amalim orqali menga engillik berar deb sadaqa, namoz va umuman hayrli amallarni qilsa (Allohdan shu amallarim evaziga engillikni talab qilgan holda emas, umid qilgan holda). Bu amallardan keladigan savoblar kamayadimi yani shunday e’tiqod to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min o‘z toat-ibodatidan Allohning roziligini ko‘zlashi darkor. Agar dunyo va undagi o‘tkinchi ziynat uchungina harakat qilsa, bunday amalga savob yo‘qdir. Alloh taolo o‘zining hikmatiga ko‘ra yaxshi amallar uchun bu dunyoda ham, oxiratda ham savob va mukofot, yomon amallar uchun ham jazo va uqubat va’da qilgan. Chunki insonning tabiati unga beriladigan mukofot haqida bilgach o‘sha amalga ko‘proq g‘ayrat qiladi, yanada shijoati ortadi, qiyinchiliklarga oson ko‘z yumadi. Shuningdek, ma’siyatlarga tayin qilingan jazolarni eshitib undan qo‘rquvi oshadi va chetlanishi oson bo‘ladi. Kimki o‘z amalidan faqatgina dunyoviy manfaatni ko‘zlagan bo‘lsa, u uchun savob yo‘qdir. Ammo, agar amalidan Allohning roziligini istasa va va’da qilingan mukofotdan umid qilsa buni hech qanday zarari yo‘qdir. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 145 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar