Oilada er va xotin orasida muommalar
Assalomu alaykum! Men 2 yil oldin sevgan qizim bilan turmush ko‘rgan edim. Lekin oradan ikki hafta o‘tmay xotinim o‘zi bilan olib kelgan hamma narsalarini olib qo‘yb uni uyda baham ko‘rmay boshladi. Men oilamdan hech nimani qizg‘anmaslikkni va kelgusida ota onam yonida yashishimizni hohlab, xotinimni bunaqa qilganligini yaxshi ish deb bilmasdim. Oradan bir oycha o‘tmay xotinim onamni menga yomonlashi ko‘payib boraverdi va uydagi oddiy etishmovchiliklardan ham muommo topib boshladi. Hozir farzandimiz ham bor. Lekin xotinimni meni ota onamni hurmat qilishi umuman yo‘q, ota onam va ukam va singlimni yomonlayveradi hurmat qilmasdan. Misol uchun yaqinda bitta muomma tufayli uydan ketdi, shundan bildimki ayolimni ba’zi gaplari unga yoqmabmish. Bilishimcha oyim unga ertalab salom bermaysanmi deb so‘raganda, salom berish sizlar oilada odatmi deb gap qaytarib ketgan. Qizning ota onasi bilan gaplashganda ular menga oyim kichkina farzandimizni qaray olmaydi ekan va farzandinga onang ataylab qaramayapti deb menga aytishdi. Bu so‘z meni yuragimga og‘ir botdi. Meni ota onam unaqa qilmasligini men ulardan yaxshi bilamanku. Shunaqa tuxmatlar ko‘payib ketdi. Yaqinda ayolim yana ketdi va endi aytyapti biz alohida chiqib yashaymiz va meni ota onam bilan ularni yomon deb aytib ular bilan birga yashay olmasligini aytyapti. Lekin men ayolimni meni mol mulkimga qayg‘urganini va meni va oilamni hurmat qilganini haligacha ko‘rmadim. Men hozir kelajagimdan havotirdaman. U bilan yashasam lekin u meni ota onam va ukalarimga qiladigan ortiqcha sarf harajatimni ham yoqtirmaydi. Meni ota onam shu 25 yoshimgacha tarbiya va meni o‘qitdi lekin bu yo‘l bilan noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lmasmikinman? Chunki ayolim ularni yoqtirmaydi va menga itoat qilmaydi meni sevsada. Shunga maslahatingiz kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimiz xotinni deb ota-onadan vos kechishni qoralaydi. Ota-onangiz sizni jannatingiz darvozalaridir. Xohlang ularni obod qiling, xohlang vayron qiling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:15 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimiz xotinni deb ota-onadan vos kechishni qoralaydi. Ota-onangiz sizni jannatingiz darvozalaridir. Xohlang ularni obod qiling, xohlang vayron qiling. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:15 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush