Imon haqida

Assalomu alaykum! Men bir savdogarman. Alloh bergan do‘konim bor 2019-yil oylarida 55-60 yoshlardagi aka kelib sanatoriyada davolanayotgan otasi yiqilib oyog‘i singanligini va unga sim qo‘yish kerakligini va yonida pul yo‘qligini, o‘qillari Olti ariq shaxrida yo‘lga chiqqanini, pul olib kelayotganini aytib 190 ming so‘m pul qarz so‘radi. Evaziga imonim garovga dedi. Biz so‘ragan pulini berdik. Mana 3 yildan oshdi. U odamdan xabar yo‘q. Odamlar iymon nimaligini bilmay qolganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iymonimni garovga qo‘yaman deb noto‘g‘ri aytibdi. Siz ham bunaqa sodda bo‘lmang. Endi olib kelsa keldi, bo‘lmasa qiyomatda savobidan olasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:14 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar