Exsonni majbur qildirish

Assalomu alaykum! Ishxonamizda shunday odat bor, kimdir mashina olsa, farzandli bo‘lsa, yoki shunga o‘xshash narsalar bo‘ladi. Xo‘jayin farzandi bo‘lgan ishchiga yoki moshina olganga majburiy exson qildiradi. U xam qilib beradi roziman deydi (lekin qalbidan nima o‘tayapti biz bilmaymiz, xo‘jayin gapirmasin deb qiberadi). Shunday exsonlarda qatnashish mumkinmi? U erdagi taomlarni eyish?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Majburlab ehson qildirishi to‘g‘ri emas. Bunday odatlarni yo‘qotish lozim. عن عمرو بن يثربي  رضي الله عنه  قال: قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : لا يحل مال امرئ مسلم إلا بطيب نفس منه Amr ibn Yasribiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘ngildan chiqarib bermagan moli halol bo‘lmaydi” deganlar. 
Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:14 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar