O‘qigan namozim hukmi qanday

Assalomu alaykum! Men yaqinda namoz o‘qishni boshladim. 1. 3-4 rakatlarda Fotixa surasidan oldin Bismillohir rahmonir rohiym ni aytmagan ekanman, lekin ayrim namozlarimda sajdai sahv qilganman. Shu o‘qigan namozlarimning hukmi qanday? 2. Birinchi namozni boshlagan vaqtlarimda ko‘p vasvasa bo‘lardi(ayniqsa namoz o‘qishimdan oldin yoki o‘qiyotgan vaqtimda. Keyin Allohdan shayton vasvasasidan asrashini so‘ray boshladim. Hozirda namoz o‘qiyotganimda fikrim chalg‘iydi, lekin kufr darajasidagi xayollar (deyarli) kelmaydi. Shuning uchun o‘ylanib qoldim, shayton meni vasvasa qilaolmay qoldimi, yoki nimadir gunox qilib vasvasa qilishga arzimaydigan odam bo‘lib qoldimmi? 3. Sunnat va farz namozlarini orasida vaqt(10-15 daqiqa) qoldirib o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Zimmangizdan ado bo‘lgan.2). Yodlagan suralaringizni ma’nolarini ham yodlab, zam sura qilayotganingizda ma’nolarini tafakkur qilib o‘qing. “Ruhiy tarbiya” kitobini o‘qing va o‘qiganlaringizga amal qiling.3). Bo‘ladi. Faqat vaqti chiqib qazo bo‘ladigan darajada kechiktirmaslik kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar