Kovid Test

Assalomu alaykum! Hozir chetga chiqish uchun yoki chetdan vatanga qaytish uchun, ko‘p davlatlar kovid test negativligi haqida hujjat so‘rayapti. Buni faqat belgilangan muassasalar berishi mumkin(pullik). Lekin davlat tomonidan berilgan test qutichasi(tekin) bilan kovid bor yoki yo‘qligini bilsa bo‘ladi, shunchaki unisi hujjat bo‘la olmaydi. 1). Kovid yo‘qligiga amin bo‘lgandan so‘ng(davlat testi bilan), hujjatga kelganda, belgilanga muassasalarning hujjatiga o‘zini ismini yozib ko‘rsatsa bo‘ladimi?  2). Umumiy, kovid yo‘qligini bilgandan so‘ng, hujjatni soxta tayyorlasachi? 3). Shu hizmatlarni qilib berganlarni topgan ozgina puli halolmi? 4) Bunga hissa qo‘shishning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on va aldov aralashgan biror ish joiz emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 131 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar