Masjidul Harom va Nabaviyda o‘qilgan qazo namozlar
Assalomu alaykum! Ustozlar, ma’lumki Masjid ul-Haromda o‘qilgan bir rakat namoz 10000 (yuz ming) rakatga teng, Payg‘ambar (s.a.v) masjidida esa 1000 (ming) rakatga teng. Savolim shuki, agar bir insonni 30-40 yillik qazo namozi bo‘lsa, (300000 (uch yuz ming) rakat) u inson Hajga yoki Umraga borganda shu ikki masjidda qazo namozlarini aytaylik Masjid ul-Haromda 4 rakat qazo namoz bilan shu qazo namozlarini barchasini o‘qigan hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U erda ikki rak’at ming vaqt namoziga teng deyilmagan. Aksincha ming rak’atning savobiga teng deyilgan. Go‘yoki ramazon oyida o‘qilgan ikki rak’at namoz ramazondan boshqa oyda o‘qilganning falon miqdorda savobiga barobardir deyilganidek. Qaerda bo‘lsa bir vaqt o‘qisa, bir vaqtni, o‘n vaqt o‘qisa o‘n vaqt ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:37 | Savol-javoblar | 178 | Namoz