Ota-ona ribo qilsa
Assalomu alaykum! Men turmushga chiqib ketganman. Ota-onam bir necha yildan beri bankga pul qo‘yib ko‘paytirishadi, yaqinda bu narsa riboligini va katta gunohligini bilib onamlaga tushintirmoqchi bo‘lsam, meni eshitishnam xoxlamadila. Bu holat bo‘yicha Qur’onda ham yozilgan dedim. Sizlarni nazdingizda pulingiz ko‘payganday bo‘ladi lekin Alloh uni barakasiz qilib qo‘yadi desam Xudo xoxlasa barakasini beradi divotdila. Alloh xarom qilgan narsani qanday qilib barakasini beradi deb jahlim chiqib ketdi. Onam aytdilarki davlat bizani bankga qo‘ygan pulimizdan foydalanvotdiku bu ribomas deb. Iltimos maslahat bering ularni bu yo‘ldan qanday qaytaray?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz chiroyli uslubda aytib qo‘yasiz xolos, qolgani o‘zlariga havola. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 06:34 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz chiroyli uslubda aytib qo‘yasiz xolos, qolgani o‘zlariga havola. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 06:34 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat