Aroq sotadigan oziq-ovqat do‘koni ijarasi

Assalomu alaykum! Mening otam o‘tgan yili bandalikni bajo keltirdilar. Xayotlik vaqtlarida bir binoni davlatdan sotib olib, xususiy qilib olgan edilar. Shu binoning bir qismiga dorixona qilgan edilar. Binoning qolgan qismini oziq–ovqat do‘koniga ijaraga bergan edilar. Men mablag‘dan qiynalganim tufayli menga xar oy oziq-ovkat do‘konining ijara pulidan bir qismini ajratib berib turardilar. Otam vafotlaridan so‘ng men u erga borib ko‘rsam, oziq-ovqat do‘konida aroq xam sotib kelingan ekan. Shu paytgacha olgan pullarim xalolmi? Men onamlarga «Ona bu do‘konni ijaradan chiqarib yuboraylik, bu qilgan ishligi noto‘g‘ri" desam, "Otang ijara pulini 2019-2020-yillarga kelishib qo‘yganlar» dedilar. Men u puldan olsam xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aroqdan boshqasining puli halol. Siz qaerdan bo‘lsa ham menga halol pul topib ber, aroqning pulini olmayman deb ayting. Tezda do‘konning ijarasini to‘xtatingda, ijara pulini otriqchasini qaytarib bering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:58 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar