Iternet magazinlar
Assalomu alaykum! Xozirda ko‘p tarqalgan saytlar va ularda ishlash online bozorning mahsulotlari turadi, har bir mahsulotni pastida linki turadi, har bir odamga alohida link va o‘sha linkingizda boshqa birov kirib, o‘sha mahsulotni sotib olsa sizga o‘sha mahsulotdan qanchadir foizi sizga beriladi. Bizning vazifamiz o‘sha mahsulotni reklama qilib pastiga o‘zimizni linkimizni qo‘yish. Bunda ishlashimiz to‘g‘rimi? Maxsulotlar ichida Islomiy maxsulotlar xam bor Qur’oni Karim Joynamoz ulardan tashkari Shaxvat kuzgatuvchi maxsulotlar softmen sprey va xokazolar bor shularni sotish xalolmi Tulik javob bersangiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “O‘zimniki” deb sotsangiz joiz emas, chunki qo‘lida bo‘lmagan narsani sotish man qilingan. O‘sha tovarlarni reklama qilsangiz va bu evaziga haq olsangiz, joiz. Shariatda man qilingan buyumlar bo‘lsa joiz emas.عن حكيم بن حزام قال : نهاني رسول الله أن أبيع ما ليس عنديHakim ibn Huzom roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘limda bo‘lmagan narsani sotishimdan qaytardilar”.
Nasoiy rivoyati. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 05:10 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat