Muzoroba

Assalomu alaykum! Men oziq-ovqat maxsulotlari bilan savdo qiladigan firmaning sotuv bo‘limlarining birining menedjeri bo‘lib ishlayman. Savolim shundan iboratki bizning boshligimiz ishlarning rivoji uchun sarmoyadorlardan foydalanadi. Ya’ni o‘rtada kelishuv tuziladi. Misol uchun palonchi odam 100 million so‘m pul tiksa foydani teng ikkiga bo‘ladi yana bunda sarmoyador o‘rtacha 5.6 million daromad olishi mumkin. Bunday shartnomada bankrotlik bo‘yicha band yo‘q. Bu ishlar shariatda to‘g‘rimi? Undan maosh olib ishlayotgan xodimlarning topishi xalolmi? Men boshqaradigan savdo bo‘limiga bunaqa sarmoya tikilmagan. Agar bunaqa pul tikish shariatda nojoiz bo‘lsa, mening ishlashim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sarmoyachi va ish bajaruvchining orasidagi shartnomaning kelishuvlari shariatga muvofiq qilingan bo‘lsa bu halol bo‘lib sizlarga ham ish haqingiz halol bo‘ladi. Shariat shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan bandlari bo‘lsa shuni to‘g‘irlash lozim. Shartnomani biron ahli ilmga ko‘rsatib olinglar. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 05:34 | Savol-javoblar | 133 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar