O‘quv markazi xaqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar. Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim fitna chiqarish emas, oydinlik kiritish maqsadida. Telegram ilovasida "Ayshagul_qur’on tsentr" o‘quv markazi gurux ochib, tajvid ilmidan (Doktor Ayman yo‘nalishi bo‘yicha), muallima saniy va bir nechta kurslaridan darslar olib borishmoqda. Darslar tugatilganidan keyin imtihon bo‘lar ekan. Imtixondan o‘tganlarga sertifikat berilar ekan. Shu sertifikat asosida ilm berish xuquqimiz bo‘lar ekan.( bu gurux asoschilaridan, dars beruvchi katta ustozalaridan biri Omina ummu Mubina - Shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qizlari degan gaplar xam oraladi gurux tolibalari orasida) Uyda o‘tiradigan ayollarimizga ilm o‘rganish uchun bu juda qulay albatta. Lekin biz to‘g‘ri yo‘ldamizmi, bu markazdan ilm olishligimiz joizmikin. Sizlardan iltimos shunga oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu kanalni Ominaxon Muhammad Yusufga aloqasi yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 165 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar