Shubhalar

Assalomu alaykum! Alhamdulillah musulmonman va tabiatan qiziquvchanman. Miyyamga g‘alati hayollar va shubxalar keladi va ba’zida shu shubxalardan xoli bo‘lish uchun internetdan javob qidiraman va bu narsa qoniqdiradigan javob olmagunimcha davom etadi. Va yana bir muammo ayni shu qidirishlar(internetdan) orqali yana yangi savollar paydo bo‘ladi va yana g‘ashlik paydo bo‘ladi. Ba’zibir insonlar berayotgan javoblar(islom sunnat qarshi) berayotgan javoblari shubha uyg‘otadi va yana javob qidirishga urinaman. O‘zimga bu yoqmaydi lekin savollarimga javob topishni hohlayman. Bunday narsa sahobalarda ham bo‘lgan ekan va Payg‘ambarimiz bu g‘ashlikni haqiqiy iymondan ekanligini aytganlar. Shu holatdan butunlay qutilish va hech qanday shubhalar qolmasligi uchun nima maslahat berasiz? Men nima qilay? Qaysi ishlarni qilmay va qaerdan ilm olay? Va internetdagi shunday joylardan javob izlashim qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Chuqur ilmga ega ahli ilmga murojaat qilib savollaringizga javob oling. Ilm ustozdan olinadi. Internet ustoz bo‘la olmaydi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 167 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar