Xojatxona xakida
Assalomu alaykum muxtaram Shayx janoblari.Bu savolni yozishdan oldin juda kup uyladim.Lekin yozishga karor kildim.Chunki bu narsa meni juda kup uylantiradi.Yakinda maxallamiz oksokollaridan bir kishi bir exsonda xojatxonaga kirish tartiblari tugrisida gapirib utdilar.U kishining aytishlariga karaganda xojatxonaga kirishda birinchi Bismillaxir roxmanir roxiym deb chap oyok bilan kirish kerak dedilar,chikishda esa ung oyok bilan chikish kerak dedilar.Shu narsa tugrimi,Axir xojatxona toza joy emas.U erda Ollox nomini keltirish esa.... Iltimos shu savolimga anikrok javob bersangiz.Oldindan katta raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kitob o‘qimaslikning oqibati shunday bo‘ladi. Bo‘lar bo‘lmasga ko‘p o‘ylanadi. Vaqtini, zehnini, zakovatini, aqlini behudaga sarflaydi.XALO ODOBLARI1. Qazoi hojat qilmoqchi bo‘lgan shaxs o‘zi bilan Alloh taoloning ismi yozilgan, shuningdek, maloikalar, Aziz, Karim, Muhammad, Ahmadga o‘xshash ulug‘ ismlarni birga olmasligi kerak.Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qachonki xaloga kirsalar, uzuklarini echib qo‘yar edilar».Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.Ma’lumki, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning uzuklarida «Muhammadur-Rasululloh» degan yozuv bor edi. Podshohlarga maktub yuborsalar, o‘sha uzukni muhr qilib bosar edilar. Uzukda Allohning ismi yozilgan bo‘lgani uchun ham xaloga kirganlarida uni echib qo‘yar edilar. Shunga binoan, Allohning ismi yozilgan narsa bilan, ayniqsa, Qur’on bilan xaloga kirib bo‘lmaydi.2. Oyoq va bosh kiyimi ila istinjo qiladigan narsasi va suvini tayyorlab olib keyin xaloga kirishi kerak.3. Xaloga kirganda avval chap oyog‘ini ichkariga qo‘yadi va Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning quyidagi hadislarida kelgan duoni o‘qiydi: Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qachonki, xaloga kirsalar: «Allohumma a’uzu bika minal xubusi val xabaisi» - «Ey bor Xudoyo, sendan erkak va urg‘ochi ifloslar (shaytonlar)dan panoh tilayman», der edilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Ushbu duoni xalo ochiq joyda bo‘lsa, qazoi hojatga tayyorlanayotgan vaqtda, maxsus joyda bo‘lsa, unga kirishdan oldin o‘qish kerak. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu duoni doimo o‘qir edilar. Erkak va urg‘ochi shaytonlardan panoh tilashning hikmati shuki, odatda xalo joyida Allohning nomi zikr etilmagani uchun erkak-urg‘ochi shaytonlar u joyni o‘ziga qarorgoh qilib olgan bo‘ladi. Allohdan panoh so‘ramay kirgan odamga zarar etkazishlari mumkin. Shuning uchun, ushbu hadisdagi duoni yodlab olib, xaloga kirishdan oldin o‘qishni odatga aylantirish har bir kishi uchun zarurdir.Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Jinlarning ko‘zlari bilan odam bolasining avrati orasidagi to‘siq, qachon birlaringiz xaloga kirsa, Bismillahi, demog‘idir», dedilar». Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan.Odam bolasi xaloga kirishdan oldin «Bismillah»ni aytsa, uning avratini jinlarga ko‘rsatmaydigan to‘siq bo‘lar ekan. Ulamolarimiz ikkala hadisni jamlab, xaloga kirayotgan odam: «Bismillahi, a’uzu billahi minal xubusi val xabaisi», deyishi kerak, deydilar.Xalodan chiqayotganda esa Imom Nasaiy qilgan rivoyatga binoan «G‘ufronaka! Alhamdu lillahillaziy azhaba annii al-aza va a’fanii» deydi.4. O‘tirganda og‘irini chap oyog‘iga solib o‘tiradi. Ikki oyog‘ining orasini keng qilib o‘tiradi. O‘shanda chiqadigan narsa oson chiqadi. Imom Tabaroniy Suroqa ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bizlarni chap oyoqqa suyanib, o‘ngini tik tutmoqqa amr qildilar».5. Zaruratsiz gapirmaydi.Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ikki kishi qazoi hojatni iroda qilib chiqib, avratlarini ochib gaplashavermasin. Chunki Alloh azza va jalla bundan g‘azabga kelur», dedilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tahorat ushatayotganlarida bir kishi yaqinlaridan o‘tayotib salom bergan edi, alik olmadilar». Hadisdan, tahorat ushatayotgan odamga salom berib bo‘lmasligi, salom bergan odamga tahorat ushatayotgan odam alik olmasligini bilib olamiz. Bundan oldingi hadisda oddiy gap ham gapirib bo‘lmasligi aytilgan edi. 6. Hojatdan tashqari qolib ketmaydi. Chunki xaloda ko‘p qolish bavosir va jigar xastaligiga sabab bo‘lishi mumkin.7. O‘tirib siyadi. Payg‘ambarimiz sollallulohu alayhi vasallam doimo o‘tirib siyganlar. Sahobalarni ham tik turib siyishdan qaytarganlar. Imom Termiziy qilgan rivoyatda hazrati Umar ibn Xattob: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam meni tik turib siyayotganimni ko‘rib: «Ey Umar, tik turib siyma», dedilar. Shundan keyin hech tik turib siymadim», deydilar.Imom Ahmad, Termiziy va Nasaiylar qilgan rivoyatda Oisha onamiz roziyallohu anho: «Kim sizga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tik turib siyar edi, desa, tasdiq qilmanglar. U kishi faqat o‘tirib siyar edi», deganlar.8. Shamol turgan tarafga, suvga, qabristonga, yo‘lga, odamlar dam oladigan joylarga, erdagi yoriq va teshiklarga, mevasi bor daraxtning tagiga va g‘usl qiladigan joyiga siyib bo‘lmaydi. Bularning haqida rivoyatlar bor.9. Qazoi hojatni qiblaga oldini yoki orqasini to‘g‘rilab qilib bo‘lmaydi.Abu Ayyub al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Qachonki, birortangiz qozoi hojatga borsa, qiblaga yuzlanmasin va unga ortini ham o‘girmasin», dedilar.Beshovlari rivoyat qilgan.10. Qazoi hojat qilayotgan shaxs osmonga, farjiga va o‘zidan chiqayotgan narsaga nazar solmaydi. Qo‘li bilan har narsalarni ushlamaydi. O‘ngga va chapga alanglamaydi, misvok qilmaydi.
20 Aprel 2022, 19:26 | Savol-javoblar | 216 | Dolzarb savollar