Ramazon oyida nikoh to‘yi qilish hususida!

Assalomu Alaykum Va Rohmatullohi va Barokatuh Hurmatli va fazilatli shayh hazratlari Alloh qilayotgan ishlaringizda madadkor bo‘lsin.Omin! Meni savolim quyidagicha: Ramazon oyida nikoh to‘yini o‘tkazish tartiblari bormi? Ramazon oyida to‘y qilinsa qanday paytda karnay chaldirsa bo‘ladimi?Savolimda xato-kamchiliklar bo‘lsa uzur so‘rayman. Alloh hayrli ishlarizni va umringizni barakali qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ro‘za kunlari hech kimga ovqat berib bo‘lmaydi. To‘y qilishda bo‘lsa, mutlaqo mumkin emas. Katta gunoh bo‘ladi.

1 May 2022, 00:38 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar