Dori va biologik faol qo‘shimchalar

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda ko‘plab, har hil turdagi bilogik faol qo‘shimchalarni televizorda va boshqa OAV orqali reklamasi avjiga chiqib ketdi. Aslida ishlab chiqarish tan narxi 10-15 ming so‘m bo‘lgan mahsulotni (o‘zim farmatsevtika ishlab chiqarishida ishlayman) 200-300 ming so‘m qilib sotishmoqda. Tabiiyki reklamada bu qo‘shimchalar hamma dardga davoday ko‘rsatishmoqda. Aslida huddi o‘sha vositani boshqa nom ila 20 ming so‘mga olsangiz bo‘ladi. Lekin bu tadbirkorlar Islomda ustama qo‘yishning chegarasi belgilanmagan degan vaj bilan shunday qimmat sotishmoqda. Aslida bu halolmi? Reklamada yolg‘on aralashtirib yoki doktorga, dorixona sotuvchisiga bonus berish orqali o‘zi 20 mingga olsa bo‘ladigan mahsulotni 100-200-300 mingga sotsa halol bo‘ladimi? Axir bu hiyla ishlatish emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda yolg‘on guvohlik degan gunoh bor. Buning gunohi o‘ta o‘ta og‘ir. Hozirgi siz aytgan internetda pul ishlashning juda ko‘pi qaysidir kompaniyalarga odam yig‘ish bo‘ladi. Reklama qilib berish kerak bo‘ladi. Bu degani o‘sha kompaniyani mahsulotlariga, ish faoliyatlariga va halol yoki harom ekanligiga guvohlik berishdir. Musulmon odam ko‘r-ko‘rona ish tutmasligi kerak. 10 tsentni deb do‘zaxdan joy sotib olmaslik kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida bundan qattiq qaytarganlar.عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سُئِلَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْكَبَائِرِ، قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَشَهَادَةُ الزُّورِ». تَابَعَهُ غُنْدَرٌ وَأَبُو عَامِرٍ وَبَهْزٌ وَعَبْدُ الصَّمَدِ عَنْ شُعْبَةَAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot: «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va yolg‘on guvohlik berish», dedilar». عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَلَا أُنَبِّئُكُمْ بِأَكْبَرِ الْكَبَائِرِ؟» قُلْنَا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ». وَكَانَ مُتَّكِئًا فَجَلَسَ فَقَالَ: «أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ، أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ». فَمَا زَالَ يَقُولُهَا حَتَّى قُلْتُ: لَا يَسْكُتُAbdurrahmon ibn Abu Bakra otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hoy! Sizlarga kabiralarning eng kattasini ma’lum qilaymi?» dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli» dedik. «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. U zot suyanib o‘tirgan edilar, o‘tirdilar-da: «Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham! Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham!» dedilar. U zot buni aytaverdilar, hatto to‘xtamasalar kerak, deb qoldim». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 149 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar